Bugun 31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston va Qirg`iziston chegarasidagi Chashma bulog`i oldida o`zbek-qirg`iz aholisi o`rtasida janjal sodir bo`lgani haqidagi videolar tarqaldi. Video:
Ma`lum bo`lishicha Andijonning Qirg`iziston bilan chegara hududida qo`shni davlat tomonidan giyohvand moddalarni O`zbekiston hududiga otish va shu yo`l bilan mamlakatga ularni olib kirishga harakat qilinmoqda. Aytilishicha ikki mamlakat fuqarolari o`rtasida ziddiyat ana shu bo`yicha kelib chiqqan, deya xabar bermoqda DXX Chegara qo`shinlari.
Xabarda qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun O`zbekiston va Qirg`iziston mahalliy ma`muriyatlarining mas`ul rahbarlari voqea joyiga etib kelgan va o`zaro uchrashgan.
«Hozirda vaziyat to`liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha tegishli choralar ko`rilmoqda», — deyiladi DXX Chegara qo`shinlari axborotida.