AsosiyJamiyat

Chilonzorda nega milisiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga majburlashdi? (video)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida milisiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib c...

'Chilonzorda nega milisiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga majburlashdi? (video)'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida milisiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Sababi noma`lum bo`lgan videolavha yuzasidan Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:

" - Joriy yil 1 iyun ertalab soat taxminan 04.30 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan o`tuvchi Toshkent halqa yo`li chekkasidagi “Toshkent” savdo majmuasi va “Do`stlik” buyum bozorlari tashqarisida, viloyat soliq organlari tomonidan o`rnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug`ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko`rish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda, bir qator fuqarolar tomonidan norozilik bildirilgan, shunda jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan.

Hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni bo`yicha qo`shimcha axborot berilishini ma`lum qilamiz," deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar