1

Eron SSV koronavirusning ikkinchi to`lqini ro`y berishi mumkinligini prognoz qildi

Dunyo 02.06.2020, 08:20
Eron SSV koronavirusning ikkinchi to`lqini ro`y berishi mumkinligini prognoz qildi

Agar odamlar ko`rsatmalar va ijtimoiy masofalanishga amal qilmasa, Eronda koronavirusning ikkinchi to`lqini sodir bo`lishi mumkin, degan Eron sog`liqni saqlash vaziri Said Namaki.

O`rta Sharqdagi virus eng ko`p tarqalgan mamlakatlardan biri bo`lgan Eronda karantin choralari apreldan boshlab engillashtirila boshlandi. Ammo, may oyida aprel oyining oxiridagidan ko`ra ko`proq odam koronavirusga chalindi. Hukumat bu holatni koronavirus tekshiruvlari ko`paygani bilan izohlagan.

“Koronavirusning tarqalishi hali to`xtagani yo`q. Virus xohlagan paytda oldingidan ham kuchliroq bo`lib qaytishi mumkin. Agar odamlarimiz qoidalarga rioya qilmasa, biz o`zimizni eng yomon holatga tayyorlashimiz kerak bo`ladi” dedi Said Namaki.

1 iyun holatiga ko`ra, Eronda 154 445 kishi koronavirus bilan kasallandi va 7878 kishi vafot etdi.

Eronda cheklovlar yumshatilishining bir qismi sifatida 30 maydan boshlab masjidlar ochildi va davlat xodimlarining barchasi o`z ish joylariga qaytdilar.

Lekin, hukumat mamlakat janubida joylashgan Huziston va Siston Baluchiston provinsiyalarida kasallanish holatlari ko`paygach mayning o`rtasida cheklovlarni qayta joriy qilishga majbur bo`ldi.

“Virus bilan kurashda hali uzoq yo`lni bosib o`tishimiz kerak. Barcha ko`rsatmalarga amal qilinishi shart” degan Namaki.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1