AsosiyJAMIYAT

Toshkent viloyati SEOMning so`kong`ich bosh vrachi o`z vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o`z kabinetida so`kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. T...

'Toshkent viloyati SEOMning so`kong`ich bosh vrachi o`z vazifasidan ozod etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o`z kabinetida so`kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya -epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboev ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Darakchi.uzda avvalroq ma`lum qilingandi

 Bugun Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, mutaxassislar tomonidan o`rganildi. Viloyat Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboevning qo`l ostidagi xodimlari bilan o`ta qo`pol va axloqiy me`yorlarga to`g`ri kelmaydigan tarzdagi suhbati  muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko`rildi.Bu haqda SEO Agentligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Bosh vrach Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupalievning tegishli bo`yrug`i bilan o`z vazifasidan ozod etildi.  

Ayni paytda agentlik tomonidan Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi faoliyatini tubdan o`zgartirish, ish samaradorligini oshirish,  xududda sanitariya va epidemiologiya holatini yanada yaxshilash kabi vazifalarga  qat`iy e`tibor qaratilmoqda.

    Boshqa yangiliklar