1

O`zbekiston Turkistonda qozoq xalqiga ehson sifatida ulkan masjid qurdirmoqda (foto)

Jamiyat 02.06.2020, 21:24
O`zbekiston Turkistonda qozoq xalqiga ehson sifatida ulkan masjid qurdirmoqda (foto)

Turkistonda 5 mingdan ortiq kishiga mo`ljallangan ulkan masjid qurilmoqda. O`tgan yili tamal toshi qo`yilgan masjid qo`shni O`zbekistonning Turkistonga tortiq qilgan tuhfasidir, deb xabar berdi Kazinform muxbiriga havola bilan Sof.uz.

Viloyat hokimi O`mirzaq Sho`keev shaharga kiraverishda qad ko`tarayotgan masjid qurilish ishlari bilan tanishdi. Dunyoning eng yaxshi tajribalarini o`zida mujassam etgan me`morchilik obidasining ichki va tashqi ko`rinishi sharqona uslubda bezatiladi.

Noyob loyiha O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda. Turkiy dunyoning ma`naviy markazi, muqaddas Turkiston shahrida barpo etilayotgan masjidning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning tashqarisida 3 ming kishi namoz o`qishi mumkin.

Arxitektura majmuasida musulmon marosimlari o`tkaziladigan joylar, kongress zali, to`y saroyi, 180 o`rinli madrasa, kutubxona, oshxona, sport maydonchasi, 500 mashinaga mo`ljallangan avtopark va ajoyib favvora bo`ladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1