1

Farg`onada 37 yosh ayolni telefonda tanishgan "yigiti" uchrashuv joyida tunab ketdi

Jamiyat 03.06.2020, 16:10
Farg`onada 37 yosh ayolni telefonda tanishgan "yigiti" uchrashuv joyida tunab ketdi

Farg`onada 2020 yilning 31 may kuni noma`lum shaxs soat 10:00 da avval telefon orqali tanishgan 37 yoshli Z.T. bilan  Yaypan shahar markazida uchrashishadi. Keyin guyoki o`zini yashash uyini Z.T, ga ko`rsatishini aytib, xilvat joyga olib borgach, Z.T., ni urib, qulog`idagi bahosi 2.100.000 so`mlik sariq metalldan yasalgan sirg`alarini ochiqdan-ochiq olib qo`ygan va hodisa jyodan yashiringan. Bu haqda Farg`ona IIBsi darakchi.uzga ma`lum qildi. 

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 27 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, Z.T., ga tegishli 2 dona tilla sirg`alar o`rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi  2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishi bo`yicha A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1