1

So`x tumani hokimi o`zgardi

Jamiyat 03.06.2020, 16:24
So`x tumani hokimi o`zgardi

2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusaev So`x tumani hokimi etib tayinlandi.

U 1970 yilda Qo`shtepa tumanida tug`ilgan. Farg`ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo`qon shahar IIB boshlig`i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari vazifasida ishlagan.

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston chegarasida yuzaga kelgan to`qnashuv choralarini yumshatish maqsadida Bosh vazir Abdulla Aripov nizo kelib chiqqan hududga etib borgan edi. Aholi bilan uchrashib, ularning maqsad-muddaolarini eshitgan edi. 

Bosh vazir So`x tumani aholisi bilan uchrashgan chog`i barcha ӯrinbosarlari, turli sohalar vazirlari kelib, tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bӯyicha dastur tayyorlashlarini va`da bergandi. Oradan bir kun ӯtmay, Prezident topshirig`iga asosan, vertolyot orqali bir guruh hukumat a`zolari va vazirlar tumandagi vaziyatni yaxshilash uchun etib kelishgan edi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1