1

Karantin sababli O`zbekiston Superliga o`yinlarini stadionda muxlislarning fotosuratlari "tomosha qiladi"

Sport 03.06.2020, 21:19
Karantin sababli O`zbekiston Superliga o`yinlarini stadionda muxlislarning fotosuratlari "tomosha qiladi"

Avval xabar qilinganidek, pandemiya tufayli to`xtab qolgan O`zbekiston Superligasi o`yinlari joriy yil 13 iyundan davom ettiriladi. Ammo o`yinlar vaqtida futbolchilarni bevosita qo`llab-quvvatlab turuvchi muxlislar stadionga kiritilmaydi. Shu boisdan, Superliga klublari buning choralarini izlashmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Jumladan, Toshkentning “Bunyodkor” klubi o`z maydonlaridagi o`yinlarda muxlislarning bevosita stadionda bo`lishlariga erishmoqchi. Bunda ashaddiy muxlislarning fotolari stadion o`rindiqlariga joylashtirib chiqilishi ko`zda tutilmoqda. Bu yo`l bilan toshkentliklar futbolchilarga ruhan dalda bo`lib turish mumkin deb hisoblashmoqda.

“Bunyodkor” buni karantin vaqtida an`anaga aylantiradi va klub 10 iyunga qadar muxlislarning suratlarni bunyodkorfanclub@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilmoqda.

Jamoasini stadionda o`ziga xos tarzda qo`llab-quvvatlashga qaror qilishgan Qarshining "Nasaf" klubi tomonidan ham yo`lga qo`yiladi.

Vazirlik Superliganing restartida 13 iyun kuni “Bunyodkor” o`z maydonida “Qo`qon-1912” klubini qabul qilishini, ushbu tur doirasida “Nasaf” 14 iyun kuni o`z maydonida “Navbahor”ga qarshi o`ynashini eslatib o`tadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1