2020 yil 4 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3874 (+31) nafarni tashkil etmoqda.
🔴 Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi (barchasi Qozog`istondan chegara post orqali kelishgan) fuqarolar orasida, 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bilan muloqotda bo`lgan fuqaroda, qolgan 8 nafari esa Toshkent shahrida (shundan 3 nafar aholi orasida, yana 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan, 2 nafari xorijdan kelgan va karantinga olingan) aniqlangan.
❗️Ayni paytda yurtimizda 3014 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog`aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 844 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 9 nafari og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.