Poytaxtimizda engil atletikaning yarim marafon va sportcha yurish turlari bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi.
O`zbekiston engil atletika federasiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ular yarim marafon bo`yicha 21 kilometr 97,5 metr, 5000 metr, 3000 metr va sportcha yurishda esa 10 kilometr masofada bahslashdi.
Mamlakat chempionatining yarim marafon bo`yicha o`tgan turli masofalardagi bahslarida G`ayrat Yusupov, Baxtiyor Mahmudov, Konstantin Kim, Ortiq Ramazonov, Ruslan Nosirov, Elyor Davlatov, Shohruh Davlatov, Shohruh Turopov, Behruz Asadov, Bekzod Safarov, Baxtiyor O`tkirov, Otabek Toshquvvatov, Shohjahon Temirov, Viktor Surenko, Mirsaid Buxorov, Oybek Olimov, Solihiddin Abdusalomov, Yuriy Kozlov, Ivan Mityakin, Rasul Nosirov, Viktor Kurishev o`z yosh toifalarida shohsupaga ko`tarildi.
Mazkur musobaqaning qizlar o`rtasidagi bahslarida Zuhro Nurimova, Ekaterina Tunguskova, Tamila Egamberdieva, Sabina Talacheva, Ezoda Hoshimova, Zuhra Shagilova, Viktoriya Morozova, Darya Antropova, Sevinch Annaqulova, Elena Yakushko, Irina Sklafos, Irina Asadova, Basma Podlesnaya, Diyora Mamarajabova, Muattar Baratova, Shirin Abdullaeva, Damira Bicheeva, Ozoda Ibrohimova, Munira Oqqulova, Nadejda Kosirova, Salomat Rahimova g`olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
Sportcha yurish bahslarida Shohruh Salomov, Doniyor Ismatov, Ro`zimurod Qalandarov, Sevara Ibrohimova, Nodira Islomova va Shahlo Berdievaga teng keladigani topilmadi.