O`zbekistonga Qozoqistondan salqin havo kirib kelmoqda: dam olish kunlari harorat qaerda necha darajagacha pasayib ketishi ma`lum qilindi

Jamiyat 05.06.2020, 12:30
O`zbekistonga Qozoqistondan salqin havo kirib kelmoqda: dam olish kunlari harorat qaerda necha darajagacha pasayib ketishi ma`lum qilindi

O`zbekiston Gidrometeorolgiya xizmati dam olish kunlari mamlakatda havo harorati pasayishini ma`lum qildi.

Keltirilishicha, bugun O`zbekiston hududidan bulut massivlari o`tishi kutilmoqda, shu sababli tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Respublika bo`yicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamolning shiddati sekundiga 23-28 metrgacha etishi mumkin. Harorat foni 35-40 daraja atrofida bo`ladi, mamlakatimiz janubi va cho`l zonasida ayrim joylarda 42 darajagacha bo`lishi mumkin. Bunday harorat bugungi kun me`yoriy ko`rsatkichlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlarida Qozoqiston hududidan salqin havo kirib, issiq biroz chekinadi va nihoyat harorat ko`rsatkichlari me`yorda — kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi kuchayishi, shiddati 17-22 m/s ga etishi mumkin. 6 va 7 iyun kunlari mamlakatimizning tog`li tumanlaridagina yomg`ir yog`ish ehtimoli bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1