1

Yurtimizda bo`ladigan U19 Osiyo chempionati uchun qur`a tashlash18 iyunda o`tkaziladi

Sport 05.06.2020, 22:27
Yurtimizda bo`ladigan U19 Osiyo chempionati uchun qur`a tashlash18 iyunda o`tkaziladi

O`zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati uchun qur`a tashlash marosimi 18 iyun kuni Osiyo Futbol Konfederasiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o`tkaziladi. Bu haqda ufa,uz xabar berdi.

Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz qur`a tashlash jarayonida turnir mezboni sifatida 1-savatchadan o`rin oladi. Ushbu savatchada shuningdek Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Qatar vakillari joy olgan.

Mazkur musobaqada yarim finalga chiqqan 4 jamoa 2021 yil Indoneziyada o`tadigan yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritadi. Agar, indoneziyaliklar chorak final bosqichidan o`ta olsa, 5-yo`llanma uchun chorak finalda mag`lub bo`lgan jamoalar o`rtasida pley-off uchrashuvlari o`tkaziladi.

19 yoshgacha bo`lgan terma jamoalar o`rtasidagi ushbu musobaqaga Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlari mezbonlik qiladi. Chempionat bahslari avvaldan belgilanganidek 14-31 oktyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda, O`zbekiston U19 terma jamoasi Osiyo chempionatiga hozirlik jarayonini qisqa tanaffusdan so`ng qayta boshladi. 15 iyunga qadar yoshlar terma jamoamiz poytaxtimizdagi “Chig`atoy” bazasida o`z mashg`ulotlar ettiradi.

U19 Osiyo chempionati-2020. Qur`a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur, Malayziya
18-iyun, soat 13.30 (Toshkent v.b.)

1-savatcha: O`zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar
2-savatcha: Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya
3-savatcha: Malayziya, Iroq, Vetnam, Kombodja
4-savatcha: Eron, Yaman, Bahrayn, Laos.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1