Qashqadaryo viloyatida 4 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 05.06.2020, 23:14
Qashqadaryo viloyatida 4 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 5 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4007 (+20) nafarni tashkil etmoqda.

 

🔴Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari Buxoro viloyatida (4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan va karantinga olingan, 1 nafari aholi orasida) 5 nafari Toshkent viloyatida (3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 2 nafari aholi orasida), 4 nafari Qashqadaryo viloyatida (Toshkent shahridagi “O`rikzor” bozorida yuk tashuvchi bo`lib ishlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bo`lgan 3 nafar oila a`zosi) aholi orasida aniqlandi.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (81 foizi) sog`aydi.  

 

‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 744 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1