AsosiySport

Rossiya klubi Jasur Jaloliddinovni 900 ming evroga sotib olmoqchi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi o`zbekistonlik futbolchi, "Bunyodkor" hamda O`zbekiston terma...

'Rossiya klubi Jasur Jaloliddinovni 900 ming evroga sotib olmoqchi'ning rasmi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi o`zbekistonlik futbolchi, "Bunyodkor" hamda O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Jasur Jaloliddinovni sotib olmoqchi. Bu jamoa hamyurtimizga juda katta qiziqish bildirmoqda.. Bu haqda Championat.asia sayti ma`lum qildi.

Ushbu transfer 900 ming evroga baholanmoqda. Futbolchining agenti mashhur futbol funksioneri Yuriy Belous hisoblanadi. So`nggi kunlarda ko`plab rus saytlari Belous "Lokomotiv" klubi sport direktori bo`lishi haqida yozishmoqda.

Yuriy Belous Futbol Market kompaniyasi direktori lavozimida ishlab keladi. Shuningdek, ma`lum vaqt "Rostov" klubi bosh direktori, "Lokomotiv" klubida vise-prezident hamda "Moskva" va "Torpedo" jamoalarida rahbarlik qilgan. Ayni damda esa futbol agenti sifatida faoliyat ko`rsatmoqda. Belous o`zbek futboliga begona emas. U Vadim Abramov bilan yaxshi munosabatda. Agent 2019 yil noyabr oyida Toshkentga tashrif buyurgan va O`zbekiston - Qirg`iziston uchrashuvini stadiondan kuzatgan edi.

Eslatib o`tamiz, Jasur Jaloliddinov may oyida 18 yoshga to`ldi. U o`tgan yil so`nggida Italiyaning Filippo Indzagi boshchiligidagi "Benevento" klubi mashg`ulotlarida qatnashib qaytgan edi.

    Boshqa yangiliklar