Sportning aralash jang san`ati turida superyulduz darajasiga ko`tarilgan Konor Makgregor 7 iyun kuni o`z faoliyatini yakunlaganini e`lon qildi. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda.
Irlandiyalik jahon chempioni o`zining Tvitterdagi rasmiy sahifasida jang qilish davri yakunlanganini yozib, onasi Margaret bilan tushgan suratini joyladi.
“Yigitlar,men urushni tashlashga qaror qildim. Ajoyib xotiralar uchun barchangizga rahmat. Bu juda yaxshi sayohat bo`ldi”, degan irland jangchisi o`z postida.
Makgregor 2018 yilning oktabr oyida o`zining asosiy raqibi Xabib Nurmagamedovga engilgandi. Shundan so`ng u 2019 yilning martida ilk bor sportni tashlayotganini ma`lum qilgandi. Ammo,15 oydan so`ng u yana oktagonga qaytdi va amerikalik Donald Serroneni 40 soniyada nokautga uchratdi.
Aralash jang san`ati sporti tarixidagi eng mashhur sportchilardan biri bo`lgan 31 yoshli Makgregor faoliyati davomida 22 ta g`alabaga erishgan va 4 marotaba mag`lubiyatga uchragan. U bir vaqtning o`zida ikkita chempionlik kamariga egalik qilgan birinchi UFC jangchisi edi.






