AsosiyJamiyat

Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent shahrida Federal...

'Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent shahrida Federal davlat byudjet oliy ta`lim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” filialini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Universitet filialida dastlabki bosqichda quyidagi yo`nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi:

Filologiya (sharq tillari bo`yicha)

2. Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo`yicha)

3. Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar.)

Filialda ta`lim Rossiya qonunchiligiga muvofiq, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan o`quv reja va dasturlari asosida belgilangan ta`lim standartlariga mos ravishda rus tilida olib boriladi.

Bitiruvchilarga O`zbekistonning oliy ta`lim to`g`risidagi hujjati sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi Universitet diplomi beriladi.

Filialning davlat grantlari asosida ta`lim olgan bitiruvchilari 5 yil muddatdan kam bo`lmagan keyingi majburiy ishlab berish uchun respublika muassasalariga ishga taqsimlanadi.

Yangi universitetda bu yil birinchi talabalarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. 

Filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahri, Mirobod tumani, M.Oybek ko`chasi, 16-A-uy manzilida joylashgan binosiga tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplagan holda “nol” stavkadagi ijara to`lovi asosida joylashtiriladi;

    Boshqa yangiliklar