AsosiyDunyo

To`fon tufayli Yaponiya shimolida uch kishi jabrlandi

Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolida 2015 yil hisobidan 23- bor sodir bo`layotgan to`fon sababli uch kishi jabrlandi.

Mahalliy hokimiyat prefekturada istiqomat qilayotgan 6 mingdan ziyod aholini evakuasiya qilish to`g`risida ko`rsatma oldi.

Shu bilan birga, JR Hokkaido temir yo`l operatori ma`lumotlariga ko`ra, umumiy 170dan ziyod, jumladan, 24ta tezyurar poezd qatnovi bekor qilindi. Sintitose aeroporti ma`muriyati esa 126ta aviareys to`xtatilganini ma`lum qildi.

Shuningdek, noqulay ob-havo tufayli mintaqaning turli hududlaridagi 105ta boshlang`ich maktabda mashg`ulotlar bekor qilindi. 

Ayni paytda to`fon Tinch okeani tomondan Xokkaydoga yaqinlashib kelmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 35,7 metrga etdi. 9 oktyabr tongida yog`ingarchilik miqdori 200 millimetrga etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar