AsosiyDunyo

Google`da Apple va Facebook`dagi kabi yangiliklar platformasi tashkil etiladi

Google kompaniyasi o`zining yangi Accelerated Mobile Pages xizmatini sinovdan o`tkazmoqda. Bu xizmat foydalanuvchilari gazetalar sotib olmagan va saytlarga kirmagan holda yangiliklarni o`qishi mumkin bo`ladi.

Google taklif etadigan bu xizmati uchun Apple va Facebook`dan farqli ravishda yangiliklarini platformaga joylashtiradigan nashrlardan haq undirmaydi.

Ayni vaqtda ushbu xizmat sinov muddatida va u qachondan boshlab joriy etilishi noma`lum.

Qayd etish kerakki, The Washington Post nashri o`quvchilarining 60 foizi yangiliklarni mobil qurilmalar orqali o`qiydi va bunday loyihalarni qulayligi uchun qo`llab-quvvatlaydi.

Google bu loyiha bo`yicha gazetalar va jurnallardan tashqari, boshqa turdagi media-kontentlar bilan ham hamkorlik qilishni rejalashtirgan

    Boshqa yangiliklar