AsosiyJamiyat

Karantin zonasida xizmat qilgan hamshiralarning kechiktirilgan haqlari to`lab berildi

'Karantin zonasida xizmat qilgan hamshiralarning kechiktirilgan haqlari to`lab berildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, Canitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo`shimcha to`lovlar joriy qilish ushbu yilning 19 martidagi Prezident Farmonida e`lon qilingan edi.  

Chinozlik bir guruh hamshiralar ham farmon ijrosiga qiziqib, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin zonasiga ishlashga borishgan. Ammo ularga belgilangan miqdordagi mablag` o`z vaqtida berilmagach Chinoz tumani Adliya bo`limiga murojaat qilishgan.  

Murojaat o`rganib chiqilgach, 14 kunlik karantin zonasida xizmat qilgan hamshiralarga 6 foizlik kunlik qo`shimcha ish haqlari to`lab berildi.

    Boshqa yangiliklar