Osiyo futbol konfederasiyasi qit`a miqyosidagi ba`zi musobaqalar qachon davom ettirilishini e`lon qildi. Unga ko`ra O`zbekiston mezbonlik qiladigan 19 yoshgacha futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati avval belgilangan muddatda o`tishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Chempionat mezbonligi O`zbekistonga berilganda o`yinlar 14-31 oktyabr kunlari o`tkazilishi belgilangandi. OFK e`lon qilgan xabarda Osiyo chempionati U19 musobaqasi aynan shu muddatda o`tishi ko`rsatilgan.
Musobaqani o`tkazish uchun Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlari tayyor ekani ma`lum qilingan.