AsosiyJamiyat

Tezkor! Yakkasaroydagi quduqda ishlayotgan "Suvsoz"ning ikki xodimi halok bo`ldi

'Tezkor! Yakkasaroydagi quduqda ishlayotgan "Suvsoz"ning ikki xodimi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 12-iyun kuni ertalab soat 9.00 va 9.30 bo`lgan vaqt oralig`ida suv ta`minoti tizimida profilaktika ishlarini olib borish maqsadida, "Suvsoz" DUK xodimlari 1989 yilda tug`ilgan X. B. va 1988 yilda tug`ilgan X. N. KXAYda joylashgan Yakkasaroy tumanidagi “Sazanchik” kafesi ro`parasidagi aloqa qudug`iga tushishgan. 

Taxminga ko`ra, u erda to`plangan zaharli gazlar tufayli yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolar bo`g`ilib o`lgan. Ularni qutqarishga harakat qilgan 42 yoshli H.R zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 103-tizimiga voqea haqida guvohlar xabar berishgan. Hozirda hodisa sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar