1

Koronavirus insonning qaysi a`zosini ishdan chiqarishga qodirligi aniqlandi

Salomatlik 13.06.2020, 21:00
Koronavirus insonning qaysi a`zosini ishdan chiqarishga qodirligi aniqlandi

Koronavirus insonning butun asab tizimini ishdan chiqarishga qodirligi aniqlandi. Bu haqda AQSh olimlarining «Annals of Neurology» jurnalida chop etilgan tadqiqotida ma`lum qilindi, deya yozdi O`zreport.

Mutaxassislar tadqiqot davomida nevrologik asoratlarni davolash uchun shifoxonaga yotqizilgan barcha bemorlarda retrospektiv tahlil o`tkazishgan.

Xulosa: SOVID-19 nevrologik disfunksiyaga olib kelishi mumkin. Masalan, boshqa organlarga zarar etkazish natijasida — miya kislorod etishmasligi yoki qon ivishining buzilishi bilan kasallanishi ehtimoli bor.

Bu esa keyinchalik ishemik yoki gemorragik insultga olib kelishi mumkin.

Koronavirus to`g`ridan-to`g`ri miya yoki uning membranasini infeksiyaga chalintirishi mumkin. Bundan tashqari, immun tizimining koronavirus infeksiyasiga reaksiyasi natijasida asab va miyada yallig`lanish paydo bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1