AsosiyDunyo

BAAda ikki futbolchi internetdagi haqorat uchun qamaldi

Abu-Dabi sudi ikki nafar mahalliy futbolchini boshqa odamga qaratilgan haqorat bo`lgan va sportga aloqador videoni internetga joylagani uchun uch oylik qamoqqa mahkum etdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

Bundan tashqari, sud video paydo bo`lgan sayt egasini jarimaga tortdi va unga rolikni o`chirish majburiyatini yukladi, deb yozadi daryo.uz nashri.

Sud qarorida aytilishicha, videoda haqoratli so`zlar bor, shuningdek, u BAA axloqiy va jamoatchilik qadriyatlariga ziddir. Futbolchilar internetdagi jinoyatlar to`g`risidagi milliy qonun moddasiga ko`ra sud qilindi.

 

 

    Boshqa yangiliklar