2020 yil 14 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5080 (+29) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi SSV.
Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 2 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan fuqarolar orasida, 2 nafar Toshkent shahrida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foizi) sog`aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1118 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






