AsosiyJamiyat

Avtovokzal va avtostansiyalar o`z ish faoliyatini tikladi: bugundan mahalliy yo`nalishlarda avtobuslar harakati yo`lga qo`yilmoqda

'Avtovokzal va avtostansiyalar o`z ish faoliyatini tikladi: bugundan mahalliy yo`nalishlarda avtobuslar harakati yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 15 iyun kunidan e`tiboran  “sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlar o`rtasida mahalliy yo`nalishlarda avtobuslar harakati qayta yo`lga qo`yiladi.  Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

* Transport vositasini yakuniy yo`nalish nuqtasida dezinfesiya qilish;

* avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo`lovchilarni kiritish;  

* haydovchilarni tibbiy qo`lqop va tibbiy niqoblar bilan ta`minlash hamda ularning muntazam ravishda o`z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko`rishi lozim.

Shu munosabat bilan bugundan avtovokzal va avtostansiyalar ham o`z ish faoliyatini tiklaydi.

Avtovokzal va avtostansiyalar ish faoliyati Karantin davrida mahalliy yo`nalishlarda avtobuslar qatnovlarini yo`lga qo`yishning vaqtinchalik tartibiga muvofiq tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar