1

Koronavirusdan tuzalganlarni nima uchun titroq tutayotganiga izoh berildi

Salomatlik 15.06.2020, 17:34
Koronavirusdan tuzalganlarni nima uchun titroq tutayotganiga izoh berildi

Koronavirusdan tuzalib ketganlarda titroq kuzatilishi o`pka vazifalarining qayta tiklanishiga bog`liq bo`lishi mumkin. Bu haqda RIA Novostiga Rospotrebnadzor Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti klinik tadqiqotlar bo`limi boshlig`i, tibbiyot fanlari doktori Tatyana Rujensova ma`lum qildi, deya yozdi Yangi O`zbekiston nashri. 

Avvalroq MDU katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Zuxra Pavlova koronavirusni boshdan kechirganlarning ko`pchiligi titroqdan shikoyat qilishini ma`lum qilgan edi.  Ushbu holatda markaziy asab tizimi buzilishi haqida gapirish mumkin, shu bois termoregulyasiya markazi aziyat chekadi, deya tushuntirgan edi ekspert.

“Bunaqasi bo`ladi, Rossiya Federasiyasida ham kuzatilmoqda, zero koronavirus infeksiyasi jarayoni agressiv, o`pka to`qimalarining zararlanishi etarlicha namoyon bo`ladi. Tiklanish davri ketayotganda, ayniqsa, yaqqol zararlanishlar yo`qolayotgan vaqtda, albatta, buning ortidan reaksiyalar namoyon bo`lishi mumkin, titroq ulardan biridir”, - dedi Rujensova.

U nazariy jihatdan titroq markaziy asab tizimining zararlanishi bilan ham bog`liq bo`lishi mumkinligini tushuntirdi. Lekin bu sabab o`pkaning tiklanishidan ko`ra kamroq ehtimolga ega.

Titroq paydo bo`lganda shifokorga murojaat qilish lozim, chunki organizmda qanday jarayon ketayotganini aniqlash uchun takroran kompyuter tomografiyasi kerak bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1