AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida FVV qutqaruvchilari yana bir inson hayotini asrab qolishdi

'Toshkent viloyatida FVV qutqaruvchilari yana bir inson hayotini asrab qolishdi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limiga qarashli 23-yong`in-qutqaruv qism qutqaruvchilari yana bir insonning hayotini asrab qolishdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Voqea tafsilotiga qisqacha to`xtaladigan bo`lsak, tuman hududida joylashgan “Ilm shu`lasi” kanselariya mollari savdo kompleksi” MChJ binosi tomida, ushbu korxonaning elektr ta`minotiga mas`ul xodimi A.A. tungi yoritish chiroqlarini o`rnatayotgan edi. Kutilmaganda ish jarayonida uning sog`lig`i yomonlashib, harakatlana olmay qoldi.

Inson hayoti xavf ostida qolganidan xabar topgan yong`in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari fuqaroni zudlik bilan bino tomidan olib tushib, uning xavfsizligini ta`minladilar. Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib,  RShTYoIMga etkazildi. Hozirda fuqaroning sog`lig`i yaxshi.  

    Boshqa yangiliklar