O`zbekistonning uch nafar xonandasi Xitoy nashri tuzgan Markaziy Osiyoning eng go`zal xonandalari ro`yxatiga kiritildi.
O`zbekistonning uch nafar xonandasi Markaziy Osiyoning eng go`zal xonandalari ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda Xitoyning “Yangi buyuk ipak yo`li” nashri xabar qildi.
Reytingga o`zbekistonlik xonandalar - Shahzoda, Rayhon va Lola Yo`ldasheva kiritilgan.
Shuningdek, ro`yxatda Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistonning eng mashhur qo`shiqchilari nomlari ham keltirilgan.
Reyting mualliflari Markaziy Osiyo nafaqat o`zining go`zallari bilan, balki iste`dodli xonandalari bilan ham mashhurligini ta`kidlab, TOP-13 xonandalar ro`yxatini taqdim etishdi.






