AsosiyDunyo

“COVID-19”dan keyin o`pka faoliyati qanday tiklanishi tushuntirildi

'“COVID-19”dan keyin o`pka faoliyati qanday tiklanishi tushuntirildi'ning rasmi

Ma`lum bo`lishicha, COVID-19 virusi ushbu kasallikni boshidan kechirgan kishilar o`pkasiga jiddiy ziyon etkazarkan. Bunday xavf nimalardan iborat ekani va zararlangan o`pkani qanday qilib tiklash mumkinligi xususida rossiyalik taniqli shifokor Aleksandr Karabinenko o`z fikrlarini bildirdi. Bu haqda UzA yozmoqda. 

“COVID-19 koronavirusi insonning nafas tizimi ishini qiyinlashtiradigan, o`pkani jarohatlaydigan xastalik hisoblanadi. Hozir er yuzida mazkur virusga chalingani aniqlanganlar soni 7 milliondan oshib ketdi, ulardan 3 millioni tuzaldi. Afsuski, sog`aygan bemorlarda boshqa turli muammolar paydo bo`lyapti”, - deydi N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tibbiy tadqiqot universiteti professori, Xizmat ko`rsatgan shifokor, pulmonolog Aleksandr Karabinenko.

«Koronavirus infeksiyasini engib o`tgan o`pkada, xuddi pnevmoniyaning og`ir shakli, o`pkaning surunkali obstruktiv kasalligi tez-tez xuruj qilishi, interstisial xastaliklar singari boshqa yallig`lanish kasalliklaridan so`ng yuz bergani kabi fibroz o`zgarishlar kuzatiladi. Bunday bemorlarda uzoq vaqt tiklanishni talab etadigan tizimli o`zgarishlar kechadi», — deydi mutaxassis.

O`pkaning “COVID-19”dan keyingi tiklanish jarayoni 2009 yilda kuzatilgan global pandemiya - N1H1grippi asoratlariga o`xshab ketarkan. Karabinenko odamlar o`sha davrda qanday o`zlariga kelishgani va buni hozir qay tarzda amalga oshirish mumkinligi haqida ham maslahat berdi.

"Nafas gimnastikasi va quvvatlantiruvchi rejim man etilmaydi. Bunday muolajalarni “COVID-19”dan sog`ayganlar ziyon etgan organni tizimli ravishda tiklash uchun qo`llashi mumkin, faqat buni har kim o`z jismoniy imkoniyatidan kelib chiqib bajarishi lozim. Holatni qanday qilib yaxshilash mumkin? Buning uchun faqat ma`lum bir vaqt kerak. Masalan, N1H1 cho`chqa grippidan keyingi fibroz jarohatlar bitishi uchun bir yarim-ikki yil talab etilgan. Ayrimlarda esa o`pka faoliyati haliyam to`liq tiklanmagan", — deya qo`shimcha qilgan pulmonolog.

    Boshqa yangiliklar