Pekin Xitoy poytaxtida kasallikning yangi to`qlini paydo bo`lishiga qarshi kurashish maqsadida yuz minglab odamlarni koronavirus uchun tekshiruvdan o`tkazishni boshladi.
O`tgan hafta davomida koronavirus bilan kasallanishning o`nlab yangi holatlari qayd etilgandan keyin Xitoy hukumati Pekinning janubi-g`arbidagi Xinfadi bozorida ishlagan yoki tashrif buyurgan har bir kishini tekshiruvdan o`tkaza boshladi. Bu uchun qariyb 100 ming kishilik jamoatchilik kuchlari safarbar qilingan.
Xinfadi 21 million aholisi istiqomat qiladigan poytaxtdagi eng katta meva, sabzavot va go`sht bozori bo`lib, meva va sabzavotlarining 80 foizi aynan shu bozor orqali etqazib beriladi.
O`tgan hafta oxirida Xitoy poytaxtida 90 dan oshiq yangi kasallanish holatlari aniqlangandan so`ng Pekin sog`liqni saqlash idoralari virusning yangi to`lqiniga yo`l qo`ymaslik uchun barcha vositalarni ishga solmoqdalar.






