Britaniyalik olimlar arzon va keng tarqalgan "Deksametazon" dori vositasi dunyo miqyosida koronavirus yuqtirgan og`ir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolishi mumkinligini isbotlovchi muvaffaqiyatli laboratoriya teshiruvini o`tkazishdi.
JSST britaniyalik olimlarning COVID-19 ni davolashda "Deksametazon" dori vositasini qo`llash bo`yicha tadqiqotini ma`qulladi. JSST rahbarining so`zlariga ko`ra, "Deksametazon" sun`iy o`pka ventilyasiyasiga ulangan bemorlar orasida o`lim ko`rsatkichlarini kamaytirgan birinchi dori vositasi bo`ldi.






