AsosiyShou-biznes

Anvar Sobirov lisenziyasini qaytarib oldi

Sobirovlar sulolasining eng ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Anvar Sobirovning lisenziyasi olib qo`yilganidan xabaringiz bo`lsa kerak.

Mana uch oy deganda uning lisenziyasi qaytarib berildi. Ularni tabriklash uchun bog`langanimizda shu uch oy mobaynida sermahsul ijod qilgani, ko`plab qo`shiqlar yaratganini va tez kunlarda yangi uchta albomning taqdimotini o`tkazmoqchi ekanligini aytib o`tdi.

Bunday vaziyatda juda ko`plab xonandalar tushkunlikka tushib o`zini yo`qotib qo`yadi, Anvar Sobirovda esa bu jarayon butunlay boshqacha, ijodga tashnalik bilan o`tganidan xursandmiz.

 

    Boshqa yangiliklar