1

"Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun taklif oldi

Madaniyat 19.06.2020, 22:23
"Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun taklif oldi

Yolqin To`ychievning "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun taklif oldi. Bu haqda "O`zbekkino" MA axborot xizmati xabar berdi.

Festival shu yilning 12-21 oktyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Pusan kinofestivali Osiyoning eng yirik xalqaro festivallaridan biri hisoblanadi. "Faridaning ikki ming qo`shig`i" so`nggi 3 yillikda Pusanda qatnashayotgan ikkinchi o`zbek filmi. 2018 yilda Rashid Malikovning "Sabot" film ham ushbu kinofestivalda qatnashgan edi.

"O`zbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga asosan Fox Cinema studiyasi tomonidan suratga olingan "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi bir necha hafta oldin agentlik media klubida yopiq namoyish qilingan edi. Namoyishda ishtirok etgan ko`plab jurnalist va blogerlar hamda jamoatchilik faollari tomonidan mazkur film iliq qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1