Bugun, 21 iyun kuni Er yuzi Halqasimon quyosh tutilishini kuzatishlari mumkinligi, bu astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanib, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatilishi, soat 12:51 da yakuniga etishi haqida avval xabar qilgandik.
Quyosh tutilishini maxsus Quyosh nurini yutuvchi qora ko`zoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash maskasi yordamida kuzatish mumkin.

Ammo optik qurilmalar - durbin yoki teleskopdan foydalanib zinhor Quyoshga qaramang! Bu ko`zga zarar etkazadi. Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga albatta maxsus Quyosh filtrlarini o`rnatish kerak.
Quyosh tutilishini kuzatish bo`yicha qat`iy ogohlantirishlar va tavsiyalar:
Quyosh tutilishini optik asboblar yordamida ma`lum bir ekranga proeksiyalash orqali ham kuzatish mumkim. Lekin bu holat uzoq davom etsa optik asboblar quyosh nurini yig`ib bergani uchun qizib ketishi ehtimoli katta hisoblanadi.
Quyosh tutilishini eng xavfsiz va qulay kuzatish usullardan biri bu karton qog`ozda kichik tirqishli hosil qilib, Quyosh nurini ushbu tirqishdan o`tkazib, ikkinchi karton qog`ozga (ekran) proeksiyalashdir.







