Xalqaro tashkilotlarga a`zolik bo`yicha majburiyatlarni bajarishga mas`ul tashkilotlar belgilandi

Siyosat 23.06.2020, 08:22
Xalqaro tashkilotlarga a`zolik bo`yicha majburiyatlarni bajarishga mas`ul tashkilotlar belgilandi

“O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a`zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

 Qaror bilan O`zbekistonning xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a`zolik bo`yicha majburiyatlarini bajarishga mas`ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro`yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko`ra, vakolatli organlar O`zbekistonning kelgusida tegishli xalqaro tashkilotda ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi hamda a`zolikdan olinadigan va boshqa foydalar bo`yicha doimiy tahlil olib boradi.

2021 yildan boshlab xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a`zolik bo`yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar va ular bo`yicha qarzdorliklar bevosita vakolatli organlar tomonidan Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamg`armalar va o`z mablag`lari hisobidan to`lanadi.

 Qaror bilan O`zbekistonning xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a`zolik bo`yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to`lash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 Nizomga muvofiq, badallar to`lovchilar tomonidan to`lov hujjatlariga (invoys) yoki joriy yil uchun badal miqdorini tasdiqlovchi xalqaro tashkilotning (yoki tegishli xalqaro shartnomani ma`murlashtirish uchun mas`ul bo`lgan tashkilotning (organning) xabarnomalariga muvofiq to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1