AsosiyJamiyat

Shoxruh G`iyosov: "Agar ichki ishlar bo`limiga olib kelingan shaxsga jarohat etkazilganligi aniqlansa, bu favqulotda hodisa sifatida baholanadi"

'Shoxruh G`iyosov: "Agar ichki ishlar bo`limiga olib kelingan shaxsga jarohat etkazilganligi aniqlansa, bu favqulotda hodisa sifatida baholanadi"'ning rasmi

Bugun "Yuksalish" umummilliy harakati tashabbusi bilan o`tkazilgan jamoatchilik muloqotida ichki ishlar organlari faoliyati muhokama qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov so`nggi vaqtlarda Ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o`rtasida yuzaga kelgan hodisalar yuzasidan munosabat bildirdi:

— Yaqinda Andijon shahrida, undan avval Chiroqchi tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyat — kechirib bo`lmas holat, tizim sha`niga tushgan katta dog`. Bundan keyin har qancha harakat qilmaylik, bu dog`lar kamchiligimiz haqida eslatib turadi.  

Lekin ta`kidlamoqchimanki, agar ichki ishlar bo`limiga olib kelingan shaxsga nisbatan jarohat etkazilganligi aniqlansa, bu favqulotda hodisa sifatida baholanadi. Kechiktirmasdan tezkor guruh tuzilib, voqeaning barcha tafsilotlari o`rganiladi. Ayrimlar “yaxshiyamki, bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, bo`lmasa ish yopdi-yopdi bo`lib ketardi, hech qanday chora ko`rilmas edi” deyishmoqda. Bu noto`g`ri. O`z safimizni tozalash, birinchi navbatda, bizning o`zimizga kerak.

    Boshqa yangiliklar