AsosiyJamiyat

Beshariq tumanida “Tico” haydovchisi velosipedchini urib yubordi. U oqibat joyida vafot etdi

'Beshariq tumanida “Tico” haydovchisi velosipedchini urib yubordi. U oqibat joyida vafot etdi'ning rasmi

20 iyun kuni Beshariq tumanida S.I. boshqaruvidagi “Tico” rusumli avtomashinasini Soylabi qishlog`ida boshqarib ketayotib, qatnov qismini kesib o`tayotgan velosipedchi U.Q.ni urib yuborishi oqibatida velosipedchi U.Q. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda  Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Yo`l harakati qoidalariga amal qiling. Yo`l qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin" deyiladi xabarda.                                           

 

    Boshqa yangiliklar