XXR shimoliy qismida Italiyaning mashhur Venesiyasining nusxasini qurishmoqchi.
Sayyohlik majmuasi xitoy hukumati rejalariga ko`ra original arxitektura bilan aynan bir xil bo`ladi. Attraksion Xitoyning sohilbo`yi shahrida joylashadi. Loyihaga investisiyalar 5 mlrd yuanni tashkil qiladi, uning tantanalai ochilish marosimi 2016 yilning may oyida bo`lib o`tadi.
Bugun Venesiya kanallarining to`rtda bir qismi qurib bo`lindi, deya xabar beradi Uznay Vse portali. Ta`kidlash joizki, bu Xitoyda dunyoga mashhur osori atiqa nusxasi qurilayotganining ilk holati emas. Avvalroq Shiszyachjuan shahrida mashhur Sfinksning egizagi qurilgandi, Shenchjen ko`ngilochar bog`ida esa Eyfel minorasining egizagi joylashgan.





