«Yoshlar oyligi» doirasida sportchi-yoshlar o`rtasida «Yoshlar kubogi» sport musobaqalari o`tkaziladi

Sport 27.06.2020, 12:10
«Yoshlar oyligi» doirasida sportchi-yoshlar o`rtasida «Yoshlar kubogi» sport musobaqalari o`tkaziladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug`i bilan joriy yil 28 iyun kuni «Yoshlar oyligi» doirasida stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton sport turlari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan yoshlar o`rtasida ommaviy sport musobaqalari o`tkaziladi.

Shuningdek, respublikamiz miqyosida yugurish bo`yicha aholi o`rtasida «30 iyun – Yoshlar kuni»ga bag`ishlab «onlayn marafon» musobaqasi ham bo`lib o`tadi. Ushbu musobaqada mamlakatimizning har bir fuqarosi ishtirok etishi mumkin. «Onlayn marafon»da qatnashish uchun Yoshlarsport.com manzili orqali ro`yxatdan o`ting va musobaqa g`olibiga aylaning. Yakunda sizni qimmatbaho sovg`alar kutmoqda.

Musobaqalar respublikamizning «yashil» toifaga mansub hududlarida tegishliligi bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hududiy hokimliklar, Sog`liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishilgan holda o`tkaziladi.

«Yoshlar kubogi» sport musobaqalari Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi qaroriga muvofiq sanitariya qoida va me`yorlari talablari saqlangan holda (ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqob taqish, antiseptik vositalar bilan tez-tez qo`llarni dezinfeksiya qilish va o`yingohga sportchilarni navbatma-navbat kiritish) tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1