1

«Yashil» hududlarda yoshlar kuch sinashmoqda

Sport 28.06.2020, 19:51
«Yashil» hududlarda yoshlar kuch sinashmoqda

«Yoshlar oyligi» doirasida «yashil» hududlarda sportning stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton turlari bo`yicha yoshlar o`rtasida ommaviy sport musobaqalari o`tkazilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan «yashil» hududda joylashgan Yangier shahar bolalar-o`smirlar sport maktabi hamda viloyat futbol mahorat maktabi sport inshootlarida «Yoshlar kubogi» musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri karantin qoidalariga asosan ochiq sport maydonlarida ijtimoiy masofani saqlagan holda tashrif buyuruvchilarning sonini cheklash shartlari asosida o`tkazildi. «Yoshlar kubogi» musobaqalariga 100 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Musobaqalar yakunida g`olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1