AsosiySport

Qo`l jangi bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonlik sportchilar 7 ta medalni qo`lga kiritdi

Rossiyaning Kaliningrad shahrida o`smirlar o`rtasida qo`l jangi bo`yicha o`tkazilgan jahon chempionatida o`zbekistonlik sportchilar 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza medalni qo`lga kiritdi. 

Chempionatda O`zbekiston, Rossiya, Chexiya, Litva, Estoniya, Latviya, Ukraina, Vengriya, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston davlatlaridan kelgan 100 nafarga yaqin sportchi o`zaro kuch sinashdi. 

Chempionatda hamyurtlarimizdan No``mon Ne`matjonov, Husniddin Sattorov va Shahzod Azizov barcha raqiblarini engib, oltin medalga sazovor bo`ldi. Abror Nuriddinov kumush, Abdurahmon Erkinov, Islom Imonqulov, Rahmatjon Karimov bronza medalni qo`lga kiritdi. 

    Boshqa yangiliklar