Bu savol Ahad Qayumning Feysbuk ijtimoiy tarmog`iga yuklangan surati sababli yuzaga keldi. Suratda bu ikki ijodkor go`yo uzoq safarga birga otlanganday. Aslida-chi, ushbu surat ortidagi sir nimada?
Ushbu savolga javob olish uchun suratdagi ijodkorlar bilan bog`landik.
Zarina Nizomiddinova, aktrisa: — Aslida bu surat klip jarayonidan olingan. Buni shaxsiy hayotga hech qanday aloqasi yo`q, biz hayotda shunchaki hamkasblarmiz.
Ahad Qayum: — Ushbu surat Behzod Bahromovning “Sevgi ko`chalarida” klipini suratga olish jarayonida olingan. Odatda “Feysbuk”dagi sahifamda ijodimdagi lavhalardan suratlar joylashtirib boraman. Bu suratning ham shaxsiy hayotimga hech qanday aloqasi yo`q.
Tahririyatdan: Odamlarda turli fikrlar uyg`onmasligi uchun san`atkorlarimiz suratlarni internetga joylayotganda ularning ostiga sharh qoldirgani maqsadga muvofiq bo`larmidi?!





