AsosiyDunyo

Boliviyada futbolchi yashin urishi oqibatida vafot etdi

Fojea shanba kuni Boliviyaning Vilyason shahrida yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Boliviyaning Argentina chegarasida joylashgan Viyalson shahrida o`tayotgan futbol o`yini paytida maydonni yashin urgan. Buning oqibatida futbolchilardan biri David Alvares halok bo`ldi.

Futbolchi Vilyason shahrida o`tkazilayotgan shaharlararo match paytida halok bo`ldi. Mahalliy OAVning xabar berishicha, yana sakkiz nafar futbolchi yashin oqibatida jarohatlangan. 
 

 

 

  

    Boshqa yangiliklar