1

Tarixda birinchi marta Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi o`yinlari o`tkaziladi

Sport 06.07.2020, 22:45
Tarixda birinchi marta Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi o`yinlari o`tkaziladi

Bugun Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi o`yinlarini o`tkazish masalalariga bag`ishlangan videokonferensiya o`tkazildi.

Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Unda vazirning birinchi o`rinbosari Ravshan Ermatov hamda vazirlik vakillari qatnashdi.

Hozirda butun dunyoda koronavirus pandemiyasi sababli sport o`yinlarini o`tkazishda muammolar tug`ilmoqda. Rossiya Federasiyasidagi mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyat tufayli ayni paytda ilk marotaba tashkil etilayotgan sport o`yinlarini 2020 yil 4 sentyabrdan 11 sentyabrgacha o`tkazish imkoniyati ko`rib chiqilmoqda.

Videokonferensiyada sport o`yinlarini o`tkazish tartibi, xavfsizlik choralari, tibbiy yordam ko`rsatish masalalari muhokama etildi.

Ta`kidlash joiz, I Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi o`yinlarida sportning 22 turi bo`yicha bellashuvlar o`tkaziladi. Boks, sohil voleyboli, stol tennisi, badiiy gimnastika, suv polosi shular jumlasidan. Sportchilar bellashuvlarda 284 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1