1

Koronavirusga chalingan bemorning og`ir ahvoli barchaga saboq bo`lsin. O`zingizni asrang! (Video)

Jamiyat 07.07.2020, 17:30
Koronavirusga chalingan bemorning og`ir ahvoli barchaga saboq bo`lsin. O`zingizni asrang! (Video)

Mazkur videolavhada aks etganidek, sun`iy nafas olish apparatiga ulangan koronavirusga chalingan og`ir ahvoldagi bemorga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli ushbu bemorning ahvoli o`ta og`ir. U yillar davomida qandli diabetdan davolanib kelgan, ayni paytda ushbu kasallikning 2-turi og`ir kechmoqda, bemor insulinga muhtoj. Shuningdek, yog`li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklari ham mavjud. Bu esa bemorda xastalikning og`ir kechishiga sabab bo`lmoqda. Video:

Ushbu holat butun dunyo mamlakalarida shiddat bilan tarqayotgan koronavirus infeksiyasining naqadar xavfli ekanligidan dalolat beradi. 

Agar karantin qoidalariga qat`iy rioya etmasak, xushyor bo`lmasak, nafaqat o`zimizni, balki yaqinlarimizni ham xavf ostiga qo`yishimiz mumkin. Negaki, atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo`qligiga hech kim kafolat bera olmaydi...

Shunday ekan, o`zimiz uchun xulosa qilaylik, har qadamda, har qanday inson orqali koronavirus infeksiyasi yuqish ehtimoli borligini unutmagan holda, ozodalikni va ijtimoiy masofani saqlash, qo`llarni yaxshilab qayta-qayta yuvish, zarurat bo`lmaganda ko`chaga chiqmaslik, ko`chaga chiqqanda  niqob taqib yurish  kabi karantin qoidalariga qat`iy rioya etishni aslo yoddan chiqarmaylik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1