1

Rossiyadan O`zbekistonga rejalashtirilgan charter reyslar jadvaliga o`zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda

Jamiyat 07.07.2020, 23:08
Rossiyadan O`zbekistonga rejalashtirilgan charter reyslar jadvaliga o`zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdan, xususan Rossiyadan O`zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun charter reyslar jadvali e`lon qilingan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi ma`lumotiga ko`ra, Rossiya Federasiyasidan O`zbekistonga rejalashtirilgan charter reyslar jadvaliga o`zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.  

Shu munosabati bilan fuqarolardan aviachiptalar xarid qilishda shoshmaslikni, norasmiy ma`lumotlarga ishonmaslikni so`raymiz.

Ushbu masala yuzasidan O`zbekiston Respublikasining vakolatli tashkilotlari rasmiy xabarlarini kutish tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1