1

Buxoroda to`xtab turgan “Isuzu”ga tez yordam mashinasi kelib urildi. Mashina ichidagilar voqea joyida vafot etgan

Jamiyat 08.07.2020, 08:24
Buxoroda to`xtab turgan “Isuzu”ga tez yordam mashinasi kelib urildi. Mashina ichidagilar voqea joyida vafot etgan

Joriy yilning 7 iyul kuni soat 05:25 larda, Buxoro viloyati hududidan o`tgan A-380 “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi 1988 y.t. E.P. “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo`l chetida to`xtab turgan haydovchi 1970 y.t. A.S. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan. 

 IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, YTH natijasida “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi 32 yoshli E.P. va yo`lovchisi 28 yoshli A.X.lar og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (odamlar o`limiga sabab bo`lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo`lishlarini, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so`rab qolamiz, deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1