1

Koronavirusga qarshi kurashayotgan olimlar yana bir muammoga duch keldi

Jamiyat 08.07.2020, 09:36
Koronavirusga qarshi kurashayotgan olimlar yana bir muammoga duch keldi

70 dan ortiq mamlakatlar koronavirus pandemiyasi natijasida OIV infeksiyasini davolash uchun ishlatiladigan antiretrovirus dorilarning kamayishi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar bergan.

Tashkilotga ko`ra, 73 mamlakatda qiyin vaziyat yuzaga kelgan. Ulardan 24 davlatda virusga qarshi dorilarning juda kam zaxirasi qolgan. Ularning aksariyatida esa, dori-darmonlarni etkazib berishda uzilishlar mavjud. JSST ma`lumotlariga ko`ra, vaziyat 8,3 million bemorga yoki butun dunyo bo`ylab OIV infeksiyasini davolayotgan odamlarning uchdan biriga ta`sir qilishi mumkin.

"Ushbu tadqiqot natijalari jiddiy tashvishga solmoqda. Mamlakatlar OIVga qarshi dori-darmonlardan foydalanishda davom etishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari kerak", dedi JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

JSST va Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV / OITS bo`yicha birlashgan dasturiga ko`ra, 2000 yildan 2019 yilgacha dunyoda OIV infeksiyasining yangi tashxis qo`yilgan holatlari 39 foizga kamaygan. Xuddi shu davrda OITSdan o`lim 51 foizga kamaydi, antiretrovirus dorilar tufayli 15 millionga yaqin odamning hayoti saqlab qolindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1