1

Qashqadaryoda rekord darajada koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

Jamiyat 08.07.2020, 10:01
Qashqadaryoda rekord darajada koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

2020 yil 8 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+168) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3 986 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 24 nafari og`ir, 13 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1