1

Sport tarixida eng yirik shartnoma imzolandi

Sport 08.07.2020, 12:00
Sport tarixida eng yirik shartnoma imzolandi

Amerika futbolining mashhur o`yinchisi Patrik Maxoums «Kanzas-Siti Chifs» klubi bilan qiymati 503 million dollarlik bitim imzoladi. Bu haqda Milliy futbol ligasi saytida aytilmoqda.

Maxoums ushbu yangi shartnomasi bilan nafaqat dunyoda eng ko`p maosh oladigan sportchiga aylandi, balki Amerika futboli tarixida narxi yarim milliard dollardan ziyod shartnomani imzolagan birinchi o`yinchi hamdir. Yangi shartnoma 2022 yilgi mavsumda kuchga kiradi.

«Kanzas-Siti Chifs» o`tgan yili Milliy futbol ligasining chempioni bo`ldi. Final o`yinlari natijasiga ko`ra, Maxoums eng qimmat o`yinchi, deb tan olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1